Bugun
27
O'zbek

Shaxmat. Budapeshtda pley-off juftliklari aniqlandi, Abdusattorov 21–24-o‘rinlar uchun kurashadi

Boshqalar
16 noyabr, 02:10
Nodirbek ushbu bosqichda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi bahs olib boradi.
Shaxmat. Budapeshtda pley-off juftliklari aniqlandi, Abdusattorov 21–24-o‘rinlar uchun kurashadi
Foto: UzChess

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan Total Chess pilot turnirida guruh bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Endi musobaqada ishtirok etayotgan 24 nafar shaxmatchi 6 ta setkaga bo‘lingan holda yakuniy o‘rinlar uchun bahs olib boradi.

Turnir g‘olibi birinchi setkada aniqlanadi. Unda fransiyalik Maksim Vashye-Lagrav niderlandiyalik Anish Giriga qarshi dona suradi. Ikkinchi juftlikda esa Alireza Firuzja va Fabiano Karuana o‘zaro to‘qnash keladi. Aynan shu to‘rt nafar shaxmatchi chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.

Qolgan 5 ta setkada musobaqaning 5–24-o‘rinlari taqsimlanadi. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov oltinchi setkadan joy olgan.

Ham yurtdoshimiz ushbu bosqichda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu setkada 21–24-o‘rinlar taqdiri hal etiladi.

Shu tariqa, guruh bosqichidan keyin ishtirokchilarning yakuniy o‘rinlari pley-off bellashuvlari orqali aniqlanadi.

Avvalroq Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivali chempioni bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar