Bugun
27
O'zbek

Nodirbek Abdusattorov — Pragadagi shaxmat festivali chempioni

Boshqalar
6 mart, 09:15
Oʻzbekistonlik grossmeyster chempionlik natijasida top shaxmatchilar reytingida 4-oʻrinni mustahkamlab oldi.
Nodirbek Abdusattorov — Pragadagi shaxmat festivali chempioni
Foto: Getty Images

Nodirbek Abdusattorov Praga shahrida oʻtgan anʼanaviy xalqaro shaxmat festivalining Masters guruhida chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Bu orqali oʻzbekistonlik grossmeyster ushbu yirik turnirda ikki marta chempion boʻlgan ilk shaxmatchiga aylandi. U 2024 yilda ham gʻolib boʻlgandi.

Abdusattorov avvalroq dekabr oyida London Chess Classic, yanvar oyida esa Tata Steel Chess turnirlarida ham zafar quchgandi.

21 yoshli Nodirbek Pragadagi chempionlikdan soʻng 2780 ball bilan dunyoning top shaxmatchilari reytingida 4-oʻrinni mustahkamlab oldi. Undan yuqorida Magnus Karlsen (Norvegiya, 2840), Hikaru Nakamura (AQSh, 2810) va Fabiano Karuana (AQSh, 2795) bor.

Bugungi yangiliklar