Bugun
27
O'zbek

«Milan» Endrikni sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi

Futbol
16 noyabr, 00:55
    9
Futbolchi ham o‘yin amaliyoti yetishmayotgani sababli «Real»ni tark etishga tayyor.
«Milan» Endrikni sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi
Foto: Getty Images

Italiyaning «Milan» klubi Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «rossoneri» vakillari braziliyalik futbolchini dastlab ijaraga olib, keyinchalik uning transfer huquqini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Kelishuvda 60 million yevro va qo‘shimcha bonuslar evaziga sotib olish huquqi yoki majburiyati belgilanishi mumkin.

Shuningdek, «Real» uchun hujumchini kelajakda 80 million yevroga qaytarib sotib olish imkoniyatini saqlab qolish taklif etilmoqda.

Qayd etilishicha, «Milan» xo‘jayini Jerri Kardinalega Endrikni xarid qilishni braziliyalik sobiq futbolchi Kaka tavsiya qilgan.

Endrik ham o‘yin amaliyoti yetishmayotgani sababli yanvar oyida «Real»ni tark etishga tayyor. Unga «Roma», shuningdek, Angliya va Fransiyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq «Manchester Yunayted» Endrik bo‘yicha «Real» bilan muzokaralar olib borayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar