"Real" hujumchisi Endrik faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Braziliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" allaqachon futbolchining vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.
Ayni paytda "Real" Endrikni sotib olish huquqisiz ijaraga berishga tayyor. "Manchester Yunayted" esa futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bo‘lgan ijara variantiga rozi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Endrik o‘tgan mavsumni Fransiyaning "Lion" klubida ijara asosida o‘tkazgandi. Avvalroq "Roma" futbolchi uchun asosiy da’vogar ekani ma’lum qilingan edi.