Braziliya futbolining afsonasi Ronaldinyo 4068 kunlik tanaffusdan so‘ng yana rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. U faoliyatini yakunlaganidan 11 yil o‘tib, Italiyaning «Ravenna» klubi safida debyut qildi.
Avvaliga ko‘pchilik Ronaldinyoning futbolga qaytishi haqidagi xabarlarni hazil yoki reklama harakati deb o‘ylagan edi. Biroq braziliyalik yulduz «Ravenna» va «Forli» o‘rtasidagi derbida asosiy tarkibdan joy oldi.
Dastlab Ronaldinyoning maydonda taxminan 30 daqiqa harakat qilishi rejalashtirilgandi. Lekin u birinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi va jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Xususan, uchrashuvning 36-daqiqasida uning uzatmasidan so‘ng Julio Donati raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Ronaldinyo uzoq tanaffusdan keyingi ilk rasmiy o‘yinida golli uzatma muallifiga aylandi.
«Ravenna» ushbu bahsda «Forli»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Braziliyalik yulduzning futbolga qaytishi esa g‘alaba bilan boshlandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi