Bugun
27
O'zbek

«Arsenal» Rays bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

Futbol
16 noyabr, 02:35
    1
Ayni paytda muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan.
«Arsenal» Rays bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin
Foto: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi jamoa yetakchilaridan biri Deklan Rays bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «to‘pchilar» 27 yoshli yarimhimoyachi bilan hamkorlikni davom ettirish borasida kelishuvga erishishga yaqin. Ayni paytda muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan va yangi shartnoma yaqin vaqt ichida rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, angliyalik futbolchi 2023-yil yozidan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Raysning transfer qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.

Bu mavsum APLda yarimhimoyachi 10 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq Rays Angliyaning so‘nggi besh yildagi eng tezkor goliga mualliflik qilgani haqida xabar berilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar