Live
2
O'zbek

Rays Angliyaning so‘nggi besh yildagi eng tezkor goliga mualliflik qildi

Futbol
18 iyul, 18:10
Yarimhimoyachi Fransiyaga qarshi bahsda hisobni 134-soniyada ochdi.
Rays Angliyaning so‘nggi besh yildagi eng tezkor goliga mualliflik qildi
Foto: Getty Images
18.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 4 : 6 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Rays JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun Fransiyaga qarshi bahsda jamoasini juda tez oldinga olib chiqdi.

Rays uchrashuvning 134-soniyasida (2 daqiqa 14 soniya) gol urdi va bu Angliya milliy jamoasining so‘nggi besh yildagi eng tezkor goli sifatida qayd etildi.

Bungacha inglizlarning eng tezkor goli Yevro-2020 (2021 yilda o‘tkazilgan) finalida Lyuk Shou tomonidan Italiya darvozasiga urilgandi. O‘shanda himoyachi hisobni yanada ertaroq ochgan, biroq Angliya penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, chempionlikni qo‘ldan chiqargan edi.

JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsning birinchi bo‘limida Angliya Fransiyaga qarshi 3:0 hisobida oldinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida 19 iyul kuni Argentina va Ispaniya milliy jamoalari jahon chempionligi uchun bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar