«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi Millatlar Ligasi doirasida Angliyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv (2:3)da jarohat oldi.
19 yoshli futbolchi Millatlar Ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq u tanaffus vaqtida almashtirildi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Kubarsining o‘rniga Din Heysen o‘yinga qo‘shildi. Uchrashuv Ispaniyaning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Diario Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, Kubarsi son qismida noqulaylik his qilgan. Shu sababli Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente ehtiyot chorasi sifatida uni maydondan olishga qaror qilgan.
Xabar qilinishicha, yosh himoyachi «Barselona» ixtiyoriga qaytgach, tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng jarohatning qay darajada jiddiy ekani va futbolchining maydonga qaytish muddatiga oydinlik kiritiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi