Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel Millatlar Ligasi doirasidagi Ispaniyaga qarshi o‘yin (3:2)dan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Umuman olganda, ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Raqibdan yaxshiroq o‘ynadik va boshidan oxirigacha yuqori saviyada harakat qildik.
Qizil kartochka va penalti — jiddiy qarorlar. Nega bir vaziyat uchun ikki jazo qo‘llanganini tushunib olishim kerak.
Keyingi 30 daqiqa juda uzoq tuyuldi. Lekin bunga ortiqcha to‘xtalmoqchi emasman. 60-daqiqagacha ko‘rsatgan o‘yinimizda ijobiy jihatlar ko‘p edi. G‘alabaga to‘liq loyiq edik.
Bizga mukammal o‘yin kerakligini bilardik va bor kuchimizni berdik. To‘p bilan jasoratli, to‘psiz esa sabrli harakat qildik.
Raqib maydonida faol pressing qildik, o‘z hududimizda bo‘sh zonalarni yopdik. Jamoaviy ruh, kuch-g‘ayrat va futbol sifati eng yuqori darajada bo‘ldi», — dedi Tuhel ITV efirida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi