Rossiyaning Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar o‘rtasida bir nechta sport turi bo‘yicha kompleks musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Turnirda qatnashgan O‘zbekiston dzyudo jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, 8 nafar o‘zbekistonlik dzyudochidan 7 nafari g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
🥇Oltin medal:
-73 kg: Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov
+100 kg: Muhammadali Tangriyev
🥈Kumush medal:
-57 kg: Muhayyo Axmatova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
🥉Bronza medal:
-48 kg: Sevinch Murodova
Dzyudo. O‘zbekiston “ShHT Ochiq kubogi”da 7 ta medal qo‘lga kiritdi
Boshqalar
16 noyabr, 05:08
8 nafar o‘zbekistonlikdan 7 nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Foto: Olympic uz