15 noyabr kuni Nyu-Yorkda UFC 334 turniri bo'lib o'tdi.
Kechaning asosiy jangi og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun Siril Gan (15-2-0-1) va Josh Hokit (10-1) o'rtasida kechdi.
Jang to'liq besh raund davom etdi va hakamlarning barchasi bir xil — 48:47 hisobida Siril Ganning g'alabasini qayd etdi.
Kechaning asosiy jangidan oldingi yana bir markaziy to'qnashuvda Kayla Harrison (20-1) to'rtinchi raundda Amanda Nunesni (23-6) bo'g'ish usuli bilan taslim etdi va ayollar o'rtasidagi yengil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qildi.
Kechaning boshqa janglari natijalari:
🔘 Kayo Borraliо (19-2) Yusri Belgiruini (11-4) hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi — 30:27, 30:27, 30:27.
🔘 Urosh Medich (14-3-1) va Kevin Holland (29-15-1) o'rtasidagi jang durang bilan yakunlandi — 28:28, 29:27, 28:28.
🔘 Luis Gurule (12-4) Bilal Hasanni (10-1) hakamlarning yakdil bo'lmagan qarori bilan mag'lub etdi — 28:29, 29:28, 29:28.
🔘 Steven Thompson (18-9-1) Charles Radtke (12-6) ustidan uchinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
🔘 Chris Duncan (16-3) Drew Dober (29-16)ni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi — 30:27, 30:27, 29:28.
🔘 Terrence McKinney (19-9) Jim Millerni (39-20) birinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
UFC 334. Gan Hokitni mag'lub etdi va boshqa natijalar
MMA
16 noyabr, 04:25
Nyu-Yorkdagi turnirda bir qancha janglar bo'lib o'tdi.
Foto: Getty Images