33 yoshli hujumchi Romelu Lukaku Belgiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U ijtimoiy tarmoqlarda hissiyotlarga boy xayrlashuv maktubini e’lon qildi.
«16 yil. Shu 16 yil davomida milliy jamoa uchun qo‘limdan kelgan barcha narsani berdim… Ehtimol, inson his qilishi mumkin bo‘lgan barcha tuyg‘ularni boshdan kechirdim…
Ajoyib jamoadoshlar bilan birga maydonga tushish baxtiga muyassar bo‘ldim. Ulardan doimo minnatdor bo‘lib qolaman. Ularning barchasiga rahmat aytmoqchiman…
Shuningdek, barcha murabbiylarga ham minnatdorchilik bildiraman. Meni olg‘a intilishga undaganlari, ishonch bildirganlari va jamoa manfaati uchun hissa qo‘shishimga imkon berganlari uchun rahmat…
Bu ajoyib safar bo‘ldi va uning har bir lahzasidan zavq oldim.
Belgiya muxlislariga jamoamizga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovingiz uchun rahmat! Mamlakatim sharafini to‘rtta Jahon chempionati va uchta Yevropa chempionatida himoya qilganimdan faxrlanaman…
Bu lahzalarni hech qachon unutmayman. Milliy jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim va qalbim xotirjam. Bu ajoyib bo‘ldi. Hammasi juda go‘zal edi. Minnatdorman. Rahmat!» — deb yozdi Lukaku ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, hujumchi Belgiya safida 135 o‘yinda 94 ta gol va 20 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan, 2018 yilgi mundialda bronza medalini qo‘lga kiritgan. U milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi.
Lukaku 33 yoshida Belgiya safidagi faoliyatini yakunladi
Futbol
16 noyabr, 05:27
4
Jamoaning eng yaxshi to‘purari 16 yillik faoliyati haqida xayrlashuv maktubini e’lon qildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi