Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasi doirasida Belgiyaga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
«Millatlar ligasi chorakfinaliga chiqish uchun kurashayotganimiz va bu bosqichda ekanligimizning o‘zi faxrlanishga arziydi. Biz bu yerdamiz va natija uchun kurashamiz. G‘alaba qozonishimiz mumkin, garchi bu oson bo‘lmasligini yaxshi anglasak-da. Chunki Belgiya juda yaxshi jamoa. Ularning tarkibida texnik mahorati yuqori va tezkor futbolchilar bor.
Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etamiz. O‘ylashimcha, bu uchrashuv ko‘p jihatdan Fransiyaga qarshi bahsimizga o‘xshash bo‘ladi», — deya Manchini so‘zlarini keltirmoqda Football Italia nashri.
Ma’lumot uchun, Italiya o‘z guruhida 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Fransiya ham shuncha ochko bilan 2-pog‘onada.