Live
2
O'zbek

«Chelsi» va «MYU» Baturina transferiga qiziqmoqda

Futbol
14 noyabr, 14:29
Shuningdek, unga Yevropaning boshqa jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Chelsi» va «MYU» Baturina transferiga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

«Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari «Komo» yarimhimoyachisi Martin Baturina transferi borasida bevosita aloqaga chiqdi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Tottenhem», «Aston Villa» va «Nyukasl» klublari ham xorvatiyalik futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, Germaniyaning «Bavariya» va «Leyptsig» jamoalari ham transfer uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.

Qayd etilishicha, «Komo» rahbariyati Baturinani jamoadan qo‘yib yuborishni istamayotganini bildirgan. Biroq 80 million yevrodan boshlanadigan takliflar jiddiy muzokaralar boshlanishiga turtki berishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» va «Chelsi» hozircha bunday summani to‘lashga tayyor emas. Har ikki klub futbolchining transfer qiymatini taxminan 60 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar