Live
2
O'zbek

Lineker: «Pochettino «MYu»da 18 oydan ortiq ishlamaydi»

Futbol
14 noyabr, 12:23
Maurisio yangi jamoasi bilan 2029-yilning yozigacha shartnoma imzoladi.
Lineker: «Pochettino «MYu»da 18 oydan ortiq ishlamaydi»
Фото: Getty Images

Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Garri Lineker «Manchester Yunayted»ga tayinlangan Maurisio Pochettino haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, argentinalik mutaxassis «qizil iblislar» safida uzoq vaqt ishlamaydi.

«U klubga keladi, biroq keyinchalik voqealar qanday rivojlanishidan ko‘ngli qoladi. Agar u yana 18 oydan keyin ham jamoada ishlayotgan bo‘lsa, bu men uchun kutilmagan holat bo‘ladi», — dedi Lineker The Rest is Football podkasti efirida.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» 13-noyabr kuni Pochettinoni bosh murabbiy sifatida rasman tanishtirdi. Maurisio yangi jamoasi bilan 2029-yilning yozigacha shartnoma imzoladi. Endilikda u 18-noyabrdan boshlab mankunianliklardagi faoliyatini boshlaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar