Live
6
O'zbek

Kerrik «Vest Hem» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Futbol
14 noyabr, 06:35
    10
Klub rahbariyati 45 yoshli mutaxassisni jamoa bosh murabbiyligiga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Kerrik «Vest Hem» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Maykl Kerrik faoliyatini Londonning «Vest Hem» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda indykaila News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «bolg‘achilar» rahbariyati 45 yoshli mutaxassisni jamoa bosh murabbiyligiga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Agar amaldagi bosh murabbiy Skott Parker jamoaning turnir jadvalidagi holatini yaxshilay olmasa, klub Kerrik bilan muzokara boshlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kerrik 12-noyabr kuni «Manchester Yunayted»ni tark etdi. Uning o‘rnini argentinalik Maurisio Pochettino egalladi.

Qayd etish lozim, Maykl 2026-yil boshidan buyon manchesterliklarni boshqarib kelayotgan edi va 2025/2026-yilgi mavsumning qolgan 17 ta bahsida 12 ta g‘alabaga erishib, «Manchester Yunayted»ni APLning 3-pog‘onasiga olib chiqqan. Ushbu davrda jamoa chempionatda boshqalardan ko‘proq ochko jamg‘argan.

Ma’lumot o‘rnida, «Vest Hem» ushbu mavsumni Chempionshipda o‘tkazmoqda. Londonliklar 15 turdan so‘ng 23 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Vest Hem Vest Hem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar