Live
6
O'zbek

Jezush: «Ronaldu — Portugaliya futboli afsonasi»

Futbol
14 noyabr, 08:05
    54
Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Krishtianu sharafiga o'tkaziladigan aksiyani qo'llab-quvvatladi.
Jezush: «Ronaldu — Portugaliya futboli afsonasi»
Foto: Getty Images
14.11.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Portugaliya Portugaliya - : - Daniya Daniya

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Daniyaga qarshi Millatlar Ligasi o'yini oldidan Krishtianu Ronaldu sharafiga o'tkaziladigan aksiyani qo'llab-quvvatladi.

«Bu tashabbus murabbiylar shtabidan chiqmagan. Bunday qarorlarni federatsiya rahbariyati qabul qiladi.

Menimcha, bu ajoyib g'oya. Krishtianuning milliy jamoadagi 23 yilini, yutuqlarini va jahon futbolidagi o'rnini hech kim unutmasligi kerak.

Men u bilan bir yil ishlaganman va uning yosh futbolchilar uchun qanchalik muhimligini bilaman. Ronaldu — Portugaliya futboli afsonasi», — dedi Jezush Record nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot o'rnida, 15 noyabrga o'tar kechasi Daniyaga qarshi bahsda Portugaliya futbolchilarining barchasi Ronaldu sharafiga 7-raqamli futbolkada maydonga chiqadi. 7-daqiqada esa muxlislar tribunaда uning sharafiga to'xtovsiz qarsak chalishadi.

Uchrashuv Bragada Toshkent vaqti bilan 15 noyabr, soat 00:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Daniya Daniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

54 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar