Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Vinisius Junior bir yarim oylik tanaffusdan so‘ng ilk bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Braziliyaliklar ayni vaqtda Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmoqda. Birinchi bo‘lim yakunlariga ko‘ra, yaponiyaliklar 2:1 hisobida oldinda bormoqda.
«Samuraylar» dastlab ikki to‘p farqi bilan ustunlikka erishdi. Keyinchalik Vinisius Junior gol urib, hisobdagi farqni qisqartirdi.
Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchi so‘nggi marta 29-sentabr kuni ham Braziliya milliy jamoasi safida gol urgan edi. Shu tariqa, u bir yarim oy davom etgan golsiz seriyasini to‘xtatdi.
Vinisiusning «Real»dagi natijalari ham unchalik yuqori emas. U ushbu mavsumda klub miqyosida atigi bitta gol urgan.
Ushbu gol 26-avgust kuni «Real Sosyedad»ga qarshi uchrashuvda qayd etilgan edi. Avvalroq Vinisius mutaxassislar bilan tezligi va driblingi pasaygani sababini o‘rganayotgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi