Eronning «Traktor» klubi O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Sport Persian nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub O‘runov bo‘yicha «Persepolis»ga rasmiy so‘rov yubormagan, ammo uning transferi variantini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq «Istiqlol» ham o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq keyinchalik bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Ma’lumot uchun, «Traktor» safida O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir yarimhimoyachisi Odil Hamrobekov ham to‘p suradi. Bu jamoa Elit Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda.