Braziliya milliy jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgach, futbolchilar va murabbiylar hakamlar ishidan norozilik bildirdi.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, o‘yin tugagach braziliyalik futbolchilar va murabbiylar shtabi vakillari hakamlar brigadasi oldiga borib, ularning qarorlariga e’tiroz bildirishga uringan. Vaziyat keskinlashgach, xavfsizlik xizmati xodimlari aralashib, hakamlarni himoya qilishga majbur bo‘lgan.
Biroz avval yakunlangan bahs Yaponiya jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Uchrashuv oxirida Braziliya futbolchisi Rafinya Dias va jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qizil kartochka oldi.
Rafinya o‘yindan keyin ham hakamlikni keskin tanqid qildi. Uning fikricha, Braziliya nafaqat raqibga, balki hakamlar qarorlariga qarshi ham kurashishiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu bahsda braziliyaliklarning ikki goli Vinisius nomiga qayd etildi.