Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jude Bellingham jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 23 yoshli angliyalik futbolchining yangi kelishuvi 2031 yilgacha amal qiladi. Shuningdek, uning maoshi sezilarli darajada oshirilgan.
Qayd etilishicha, «Real» rahbariyati Bellinghamni klubning uzoq muddatli loyihasidagi asosiy futbolchilardan biri deb hisoblaydi. Shu sababli madridliklar uning kelajagini jamoa bilan bog‘lashga qaror qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, angliyalik yarimhimoyachi ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Bellinghamning ayni paytdagi transfer narxi 160 million yevroga baholanmoqda. Avvalroq «Arsenal» futbolchisi Bellinghamning rekordini yangilagani ma’lum qilingandi.