«Real» klubi qishki transfer oynasida ikki nafar futbolchisini sotib yuborishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ivan Martin xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi» bosh murabbiyi Joze Mourinyo himoyachilar Ferlan Mendi va Raul Asensioni qishda sotib yuborish variantini ma’qullagan.
Biroq bu qarorni amalga oshirish uchun «Real» avvalo ushbu futbolchilar bo‘yicha rasmiy takliflar olishi kerak.
Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis hujumchi Endrikni ijaraga berish g‘oyasiga keskin qarshi ekani ta’kidlanmoqda. Chunki unga «Arsenal», «Milan» va «Aston Villa» jamoalari qiziqish bildirmoqda. Bu jamoalar braziliyalik futbolchini ijaraga olish taklifi bilan murojaat qilishlari mumkin.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi