«Manchester Yunayted» va «Real» klublarining sobiq yarimhimoyachisi Devid Bekhem AQSh futbolining Shon-sharaf zaliga kiritiladi.
Angliyalik 51 yoshli sobiq futbolchini taqdirlash marosimi 2027-yil 16-aprel kuni Texas shtatidagi Frisko shahrida bo‘lib o‘tadi. Bekhem ushbu e’tirofga faxriy futbolchilar o‘rtasidagi ovoz berish natijasida loyiq ko‘rilgan.
«AQShda o‘tkazgan davrim men uchun aqlbovar qilmas sayohat bo‘ldi. Men bu buyuk mamlakatda liga va futbolni yana uzoq yillar davomida rivojlantirishni istayman», — dedi Bekhem.
Eslatib o‘tamiz, Devid 2013-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Ayni vaqtda «Inter Mayami» klubining ham-mulkdori hisoblanadi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi