Live
1
O'zbek

«Real» Oliseni kuzatishda davom etmoqda

Futbol
12 noyabr, 06:45
Madrid klubi «Bavariya» vingerini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
«Real» Oliseni kuzatishda davom etmoqda
Foto: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise Madridning «Real» klubi radarida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» fransiyalik futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda va uni qo‘lga kiritish uchun imkoniyat tug‘ilsa, bundan foydalanishga tayyor. «Real»da Ibrahima Konate va Kilian Mbappening jamoada bo‘lishi Olisening transferiga yordam berishi mumkin, deb hisoblanmoqda.

Shu bilan birga, «Bavariya» 24 yoshli vingerini uzoq muddatli loyihasining muhim qismi deb biladi va uni qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot uchun, Olise ushbu mavsum barcha musobaqalarda 15 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi «Bavariya» safida 2024 yildan buyon o‘ynamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar