Live
1
O'zbek

Ibrahimovich: «Milan» — hayotimdagi eng muhim jamoa»

Futbol
12 noyabr, 06:15
Shvetsiyalik sobiq hujumchi nega aynan «Milan»ga alohida mehr qo‘yishini tushuntirdi.
Ibrahimovich: «Milan» — hayotimdagi eng muhim jamoa»
Foto: Getty Images

«Milan» rahbariyatining katta maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich Italiyaning ushbu klubiga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.

«Milan» — hayotimdagi eng muhim jamoa. Men ko‘plab afsonaviy jamoalar libosini kiyganman va turli sovrinlarni qo‘lga kiritganman. Ammo «Milan» men uchun doimo alohida o‘rin tutgan. Bu men qaytishni istagan yagona klub», — deb yozgan Ibrahimovich «Il Milan nel mondo» nomli yangi kitobida.

Ma’lumot uchun, Ibrahimovich futbolchi sifatida «Milan» safida 2010–2012 hamda 2020–2023 yillarda to‘p tepgan. Ushbu davrda u 163 ta bahsda maydonga tushib, 93 ta gol urgan va 35 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik hujumchi «Milan» bilan ikki marta Italiya chempionligini hamda mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar