Bugun
48
O'zbek

«Milan» Maktomineyga qiziqish bildirmoqda

Futbol
10 noyabr, 23:20
Shotlandiyalik yarimhimoyachining «Napoli» bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari to‘xtab qolgan.
«Milan» Maktomineyga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Milan» kelgusi transfer oynalariga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Klub «Napoli»da ayrim kelishmovchiliklarga duch kelayotgan shotlandiyalik yarimhimoyachi Skott Maktomineyga qiziqish bildirmoqda.

Pianetamilan.it nashrining Calciomercato.com ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, «rossoneri» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Maktomineyning «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Biroq tomonlar kelishuvni uzaytirish borasidagi muzokaralarda hozircha bir to‘xtamga kela olmagan. Bu vaziyat «Milan»ning futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini oshirishi mumkin.

Shu bilan birga, italiyaliklar Madridning «Real» klubi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Ispaniya grandi ham avval «Manchester Yunayted»da to‘p tepgan yarimhimoyachi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Ma’lumot uchun, Maktominey 2024 yil yozida «Manchester Yunayted»dan «Napoli»ga ko‘chib o‘tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar