«Napoli» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Calciomercato xabariga ko‘ra, «Everton» vakillari belgiyalik futbolchi bilan allaqachon bog‘langan.
Avvalroq Neapol klubi yuqori maosh oladigan futbolchi bilan yanvar oyida xayrlashish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi. «Everton» esa 35 yoshli yarimhimoyachini qishki transfer oynasida, uning «Napoli» bilan shartnomasi yakunlanishiga olti oy qolganida, tarkibga qo‘shib olishga urinishi mumkin.
Ma’lumot uchun, De Bryuyne 2015 yildan 2025 yilgacha «Manchester Siti» safida to‘p tepgan.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi ushbu mavsum «Napoli» safida 15 ta bahsda qatnashib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.