Live
1
O'zbek

Kannavaro: «Italiya bosh murabbiyi bo‘lishni istashim rost, ammo hozir faqat O‘zbekiston haqida o‘ylayapman»

Futbol
11 noyabr, 07:35
    9
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Rossiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashdi.
Kannavaro: «Italiya bosh murabbiyi bo‘lishni istashim rost, ammo hozir faqat O‘zbekiston haqida o‘ylayapman»
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida kelajagi borasida ham to‘xtaldi.

«Italiya bosh murabbiyi bo‘lishni istashimni aytganim? Men bu jamoada 20 yil o‘ynaganman. Har bir italiyalik buni xohlaydi. Intervyularim keng miqyosda tarqalib ketishi mening aybim emas. Men professionalman va hozirda har doim uyqudan turiboq borimni O‘zbekiston milliy jamoasiga berishni o‘ylayman. Janubiy Amerika milliy jamoalaridan birini boshqarishim haqidagi xabarlar esa shunchaki mish-mish.

UFA bilan aloqalarimiz ajoyib. Shartnomam 2027 yil kuziga qadar mo‘ljallangan, ammo Osiyo kubogi qoldirilganini inobatga olgan holda rahbariyat bilan bu masalani ham muhokama qilib olamiz. Bunda hech qanday muammo yo‘q. Men faqat O‘zbekiston haqida o‘ylayapman.

Sizlardan iltimos qilardimki, o‘yin, raqib va taktika haqida gaplashsak. Doim futboldan tashqari mavzulardagi savollar berasizlar. Ertaga kuchli raqib bilan o‘ynaymiz. Shu haqda gaplashaylik.

Masharipov, O‘runov, Sergeyev, Yusupov chaqirilmagani? Ular bilan o‘rtada hech qanday ziddiyat yo‘q.

Raqiblar tanlash? Men rahbariyatga doim kuchli raqiblar bilan o‘ynashimiz kerakligini aytaman. Natija muhim emas. Kamchiliklarimizni bilib olamiz. Mana, Janubiy Koreya bilan o‘yin bizda shiddat qanday bo‘lishini, 3 ta vaziyatdan 2 ta gol urib natijaga erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Bu safargi bahslar ham shunday bo‘ladi.

Keyingi rejalarimiz? Yanvarda legionerlarsiz yig‘in tashkil etamiz. Albatta, klublarni qiynamagan holda. Mart, iyun, sentabr oylarida esa odatdagidek FIFA kunlarini o‘tkazamiz»
, — deydi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston — Rossiya bahsi 12 noyabr kuni «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar