Ertaga, 12 noyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
Bo‘lajak bellashuv oldidan jamoalar vakillari ishtirokida tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda o‘yinga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bahsda O‘zbekiston futbolchilari to‘liq oq libosda, darvozabon esa sariq rangli libosda harakat qiladi. Mehmonlar esa qizil rangli liboslarda o'ynaydi.
Ma’lumot uchun, mazkur bahs o‘rtoqlik maqomida o‘tkaziladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi