Bugun
7
O'zbek

Kukurelya: «Hozircha «Real»ni Yevropaning eng kuchli jamoasi deb hisoblayman»

Futbol
10 noyabr, 18:00
«Chelsi» sobiq himoyachisi madridliklarning o‘yiniga yuqori baho berdi.
Kukurelya: «Hozircha «Real»ni Yevropaning eng kuchli jamoasi deb hisoblayman»
Foto: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi sobiq himoyachisi Mark Kukurelya ayni paytda «Real»ni Yevropaning eng kuchli jamoasi deb hisoblashini bildirdi. Uning fikricha, madridliklar yaxshi sport formasiga kirgan va barqaror o‘yin namoyish etmoqda.

«Hozirgi kunda biz «Real»ni Yevropaning eng yaxshi jamoasi deb hisoblaymiz. Ular ajoyib sur’atga erishgan, ko‘plab yaxshi bahslar o‘tkazishgan. Jamoa juda ishonchli ko‘rinmoqda», — dedi futbolchi.

Kukurelyadan «Real» «PSJ»ga qaraganda yaxshiroq sport formasidami, deb ham so‘raldi.

«PSJ» juda yaxshi jamoa. Ammo rostini aytsam, ularning bahslarini tomosha qilmayman. Hatto «Barselona»ga qarshi o‘yinini ham ko‘rmaganman. Umuman, futbolni kam tomosha qilaman. Bu menga yoqmagani uchun emas, shunchaki boshqa ishlarim bor, farzandlarim bilan vaqt o‘tkazishim kerak.

«PSJ»da ajoyib futbolchilar bor va ular ko‘p yillardan buyon bitta loyiha ustida ishlamoqda. Ammo ayni paytda «Real» menga kuchliroq ko‘rinmoqda», — deya Kukurelyaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Ma’lumot uchun, Mark Kukurelya ushbu mavsum avvalida «Chelsi»dan Madridning «Real» klubi safiga ko'chib o'tgan edi,

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar