Bugun
7
O'zbek

Kukurelya: «Vinisius o‘zining eng yaxshi darajasiga qaytsa, bizni to‘xtatib bo‘lmaydi»

Futbol
9 noyabr, 22:00
    28
«Real» himoyachisi jamoadoshining avvalgi darajasiga qaytishiga umid bildirmoqda.
Kukurelya: «Vinisius o‘zining eng yaxshi darajasiga qaytsa, bizni to‘xtatib bo‘lmaydi»
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Mark Kukurelya jamoadoshi Vinisius Juniorning avvalgi o‘yin darajasiga qaytishiga umid bildirmoqda.

Braziliyalik hujumchi ushbu mavsumda o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish eta olmayapti. U Ispaniya chempionatidagi 12 ta uchrashuvda atigi bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Agar Vinisius o‘zining eng yuqori darajasiga qayta olsa, bizni to‘xtatishning iloji bo‘lmaydi», — deya Kukurelyaning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra nashri.

Qayd etish lozim, Vinisiusning Ispaniya chempionatidagi to‘rt o‘yinlik diskvalifikatsiyasi yaqinda o‘z nihoyasiga yetdi. Endi futbolchi jamoasiga yordam berish imkoniyatiga ega.

«Real» ayni paytda 30 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam «Barselona»dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.

Avvalroq Vinisius Mourinio qo‘l ostida Alonso davridagidan 12 daqiqa kam o‘ynayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

28 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar