Bugun
7
O'zbek

«Real» Mastantuononi sotib olganidan afsusda emas

Futbol
10 noyabr, 00:30
    3
Madridliklar 19 yoshli futbolchining rivojlanishini ijobiy baholamoqda.
«Real» Mastantuononi sotib olganidan afsusda emas
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi rahbariyati «Fiorentina»da ijara asosida o‘ynayotgan Franko Mastantuononing Italiyadagi o‘sishidan mamnun. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «qirollik klubi» argentinalik vingerini «River Pleyt»dan sotib olish uchun sarflangan mablag‘ni xato qaror deb hisoblamayapti.

Madridliklar 19 yoshli futbolchining rivojlanishini ijobiy baholamoqda va «Fiorentina»ni Franko uchun munosib jamoa deb bilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «binafsharanglilar» yosh hujumchini ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga olgan. Mastantuono Florensiya klubi safida barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.

Futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan. Hozircha uning ijara muddati tugaganidan keyingi taqdiri haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Fiorentina Fiorentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar