"Fiorentina" klubi vinger Franko Mastantuononi o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, Florensiya klubi argentinalik 18 yoshli futbolchini "Real"dan mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.
Shundan so'ng Mastantuono 2027 yil iyun oyida madridliklar safiga qaytib keladi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Franko La Ligada 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 marta gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Mastantuono 2025 yil yozida Argentinaning "River Pleyt" klubidan "Real" safiga kelib qo'shilgan edi.
