«Manchester Siti» sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning yaqin oradagi uy uchrashuvlaridan biriga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Real Tolmie's Hairdoo xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ispaniyalik mutaxassis «shaharliklar»ning navbatdagi uy o‘yiniga kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Gvardiola klub rahbariyatiga hozirgi murakkab vaziyatda «Manchester Siti»ni qo‘llab-quvvatlash istagi borligini bildirgan.
Bunga qadar «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzishda aybdor deb topilgani haqida xabar berilgandi. Angliya klubi esa o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Qayd etish lozim, Enzo Mareska bosh murabbiyligidagi «Manchester Siti» 11 oktabr kuni APLning 6-turida safarda «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.
Shundan so‘ng, 14 oktabr kuni «shaharliklar» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qiladi.