Live
1
O'zbek

Javohir Sindarov Clutch Chess turnirida ishtirok etadi

Boshqalar
3 oktabr, 02:10
Turnirda oʻzbekistonlik shaxmatchi Nakamura, Karuana va Pragnanandhaga qarshi dona suradi.
Javohir Sindarov Clutch Chess turnirida ishtirok etadi
Foto: UzChess

Oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov AQShda oʻtkaziladigan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turnirida ishtirok etadi. Bu haqda UzChess matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqa 27–29 oktabr kunlari AQShning Sent-Luis shahrida boʻlib oʻtadi. Nufuzli turnirda Sindarovdan tashqari jahon shaxmatining taniqli vakillari Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana hamda Hindiston grossmeysteri Rameshbabu Pragnanandha ham dona suradi.

Turnir tezkor shaxmat yoʻnalishida tashkil etiladi. Musobaqa davomida jami 18 ta partiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Har bir partiya uchun shaxmatchilarga 10 daqiqadan vaqt beriladi va har bir amalga oshirilgan yurishdan keyin yana 5 soniya qoʻshib boriladi.

Shu tariqa, Javohir Sindarov Sent-Luisda jahondagi kuchli grossmeysterlarga qarshi bahs olib boradi. Uch kun davom etadigan turnirda oʻzbekistonlik shaxmatchi Nakamura, Karuana va Pragnanandha bilan raqobat qiladi.

Avvalroq Sindarov dona suradigan jahon chempionati sanasi, formati va mukofot jamgʻarmasi tasdiqlangandi.

Bugungi yangiliklar