FIDE amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va da’vogar Javohir Sindarov o‘rtasidagi jahon chempionati uchrashuvining rasmiy reglamenti, o‘tkazilish joyi, taqvimi va mukofot jamg‘armasini tasdiqladi.
Ushbu nufuzli uchrashuv Shveytsariyaning Jeneva shahridagi Martin Bodmer jamg‘armasi muzeyida 2026 yilning 22 noyabridan 13 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bahslarini 2004 yildan beri ilk bor Shveytsariyaga qaytaradi.
Musobaqa dasturi 22 noyabr kuni ochilish marosimi bilan boshlanib, ilk klassik o‘yin 24 noyabrga belgilangan. So‘nggi klassik partiya 11 dekabrda o‘tkaziladi, zaruriyat tug‘ilganda esa tay-breklar 12 dekabrga ko‘zda tutilgan.
Gukesh ham, Javohir ham uchrashuv boshlanishida 20 yoshda bo‘ladilar, bu esa shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempionati musobaqasi bo‘lishini ta’minlaydi.
Shuningdek, Sindarov O‘zbekiston tarixida mutlaq jahon chempionati unvoni uchun o‘yin yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ilk shaxmatchidir.
Uchrashuv ko‘pi bilan 14 ta klassik o‘yindan iborat bo‘lib, 7.5 ochkoga yetgan birinchi o‘yinchi chempionlik unvonini qo‘lga kiritadi. Agar hisob teng kelsa, g‘olib tay-breklar orqali aniqlanadi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi esa 2,5 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi