Live
1
O'zbek

Yamal: «Mening yoshimda kimdir bu qadar ko‘p sovrin yutishi oldin hech qachon kuzatilmagan»

Futbol
14 sentabr, 06:10
    40+
Lamin yosh bo‘lishiga qaramay erishgan yutuqlari va kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Yamal: «Mening yoshimda kimdir bu qadar ko‘p sovrin yutishi oldin hech qachon kuzatilmagan»
Foto: Getty Images

«Barselona» vingeri Lamin Yamal yosh bo‘lishiga qaramay erishgan yutuqlari va kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.

«Messi, Ronaldu va Maradona kabi buyuk futbolchilar bor. Lekin menimcha, bunday yoshda kimdir bu qadar ko‘p sovrin yutishi oldin hech qachon kuzatilmagan.

Pele bor edi, ammo yaqin davrlarda bunday holat kuzatilmagan deb o‘ylayman. Odamlarda «u allaqachon ko‘p narsa yutdi, balki faoliyatining qaysidir bosqichida xotirjamlikka berilar», degan fikr bor.

Yo‘q. Futbol tarixida qolish uchun hali minglab ishlarni amalga oshirishim kerakligini bilaman», — dedi Yamal Movistar’ga bergan intervyusida.

Avvalroq Yamal hozirda dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi kim ekanini aytib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar