«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Barselona» vingeri Lamin Yamalning «Oltin to‘p» haqidagi shov-shuvli gaplariga munosabat bildirdi.
Bungacha ispaniyalik yosh futbolchi ushbu sovringa «Real» hujumchisi Kilian Mbappedan ko‘ra ko‘proq munosib ekanini aytgandi.
— Lamin «Oltin to‘p»ga hammadan ko‘ra ko‘proq munosib ekanini aytdi…
«Men hammaning gaplariga izoh bera olmayman. Lekin har bir futbolchining fikrini hurmat qilaman», — dedi Mourinyo.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» g‘olibi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi