Live
1
O'zbek

«Paxtakor» va «Al Ahli» shu vaqtga qadar 4 marta o‘zaro to‘qnash kelgan

Futbol
14 sentabr, 09:20
    5+
O‘zPFL ikki jamoaga oid qiziqarli statistikani taqdim etdi.
«Paxtakor» va «Al Ahli» shu vaqtga qadar 4 marta o‘zaro to‘qnash kelgan
Foto: FC Pakhtakor
14.09.2026, 14:15 Osiyo Chempionlar Ligasi Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda - : - Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent

O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Al Ahli»ning O‘zbekiston klublariga hamda «Paxtakor»ning Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi Osiyo musobaqalarida qayd etgan natijalarini taqdim etdi.

«AL AHLI» O‘ZBEKISTON KLUBLARIGA QARSHI 13 MARTA O‘YNAGAN

Jiddaning «Al Ahli» klubi shu vaqtga qadar O‘zbekistonning «Navbahor», «Paxtakor», «Nasaf» va «Bunyodkor» jamoalariga qarshi jami 13 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Ilk to‘qnashuvlar 2000 yilda «Navbahor»ga qarshi kechgan. Namanganliklar dastlabki bahsda (2:0) hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda «Al Ahli» (6:1) hisobida ustun kelgan.

2005 yilda «Paxtakor» va «Al Ahli» ikki marta to‘qnash kelgan. Toshkentdagi bahsda «Paxtakor» (2:1), Jiddadagi o‘yinda esa «Al Ahli» (3:0) hisobida g‘alaba qozongan.

2019 yilda ham jamoalar o‘zaro ikki uchrashuv o‘tkazib, bittadan g‘alaba qayd etgan — (2:1) va (0:1).

Saudiyaliklar 2015 va 2016 yillarda «Nasaf» bilan jami to‘rt marta o‘ynagan. Jiddaliklar ushbu bahslarda 2 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

2017 yilda «Bunyodkor» bilan o‘tkazilgan ikki uchrashuvda ham jamoalar bittadan g‘alabaga erishgan — (2:1) va (2:0).

2025 yilda esa «Al Ahli» «Nasaf»ni (4:2) hisobida mag‘lub etgan. Umuman, jamoa O‘zbekiston klublariga qarshi 13 ta uchrashuvda 7 g‘alaba, 1 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan.

«PAXTAKOR» SAUDIYA ARABISTONI KLUBLARIGA QARSHI 33 MARTA MAYDONGA TUSHGAN

«Paxtakor» esa Osiyo musobaqalarida Saudiya Arabistoni klublariga qarshi boy tarixga ega. Toshkentliklar turli yillarda «Al Ittihod», «Al Ahli», «Al Hilol», «Ash Shabob», «An Nasr», «At Taavun» va «Al Feyha» kabi jamoalar bilan to‘qnash kelgan.

Ushbu raqiblarga qarshi jami 33 ta uchrashuvda «sherlar» 7 marta g‘alaba qozongan, 6 ta bahsda durang o‘ynagan va 20 marta mag‘lub bo‘lgan.

«Paxtakor» va «Al Ahli» esa shu vaqtga qadar 4 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Tomonlar 2 tadan g‘alaba qayd etgan.

2005 yilda «Paxtakor» (2:1), «Al Ahli» esa (3:0) hisobida ustun kelgan. 2019 yilda Jiddadagi uchrashuv «Al Ahli»ning (2:1) hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, Toshkentda «Paxtakor» (1:0) hisobida zafar quchgan.

Endi jamoalar OFK Elit Chempionlar Ligasining yangi mavsumida yana bir bor o‘zaro to‘qnash keladi. Bellashuv bugun, 14 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da start oladi.

«Al Ahli»ning O‘zbekiston klublariga qarshi natijalari
Foto: O‘zPFL

«Paxtakor»ning Saudiya klublariga qarshi natijalari
Foto: O‘zPFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar