Live
1
O'zbek

Mendi Senegal milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbol
14 sentabr, 02:52
    1
34 yoshli darvozabon jamoa bilan ikki karra Afrika chempioniga aylangandi.
Mendi Senegal milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

“Al Ahli” klubi va Senegal milliy jamoasi darvozaboni Eduar Mendi xalqaro faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

34 yoshli posbon bu haqda Instagram orqali maʼlum qildi. Mendi 2018 yildan buyon oʻynab kelgan Senegal milliy jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

Bu davr mobaynida darvozabon Senegal futboli tarixidagi muhim figuralardan biriga aylandi. Eduar milliy jamoa safida 2021 va 2025 yillarda ikki marta Afrika Millatlar kubogida gʻolib boʻldi. Shuningdek, u 2022 va 2026 yillardagi Jahon chempionatlarida qatnashdi.

Mendi Senegal safida 59 ta oʻyin oʻtkazdi. Uning soʻnggi yirik musobaqasi AQSH, Kanada va Meksikada oʻtkazilgan JCH-2026 boʻldi. U jarohati sabab Iroqqa qarshi soʻnggi tur oʻyinini oʻtkazib yubordi.

Mendi sentyabr oyida “Oltin toʻp-2026” doirasida yilning eng yaxshi darvozaboniga beriladigan “Yashin sovrini” uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritildi. U daʼvogarlar orasiga kiritilgan uch nafar afrikalik darvozabondan biri boʻldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Senegal Senegal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar