Live
14
O'zbek

«Al Ahli» kuchli jamoa, ammo ijobiy natija uchun harakat qilamiz» — Karas

Futbol
13 sentabr, 08:45
    5+
«Paxtakor» murabbiyi Karas va futbolchi Ibragimov Elit OCHL bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Al Ahli» kuchli jamoa, ammo ijobiy natija uchun harakat qilamiz» — Karas
Foto: Pakhtakor FC

«Paxtakor» murabbiyi Emilian Karas Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubiga qarshi bahs oldidan jamoaning tayyorgarligi haqida gapirdi.

«Biz musobaqaning guruh bosqichini boshlayotganimizdan xursandmiz. Jiddaga uzoq parvoz bilan yetib keldik. Jamoamiz o‘yinga yaxshi tayyorlandi. «Al Ahli»ning kuchli klub ekanini bilamiz. Ularning safida yuqori saviyali futbolchilar ko‘p. Shunga qaramay, ertaga yaxshi o‘yin namoyish etishga intilamiz. Bir maqsad sari yakdil jamoaga aylanamiz. Ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz», — dedi Karas.

«Paxtakor» yarimhimoyachisi Ibrohim Ibragimov ham raqibga qarshi bahs oson bo‘lmasligini ta’kidladi.

«Elit Chempionlar ligasining guruh o‘yinlari boshlanayotgani bilan barchani tabriklayman. Raqibimizni yaxshilab o‘rganib chiqdik. Ertangi bellashuv biz uchun oson bo‘lmaydi. «Al Ahli» juda kuchli jamoa. Lekin biz maydonda borimizni bergan holda ijobiy natijaga erishish uchun urinamiz», — dedi Ibragimov.

Ma’lumot uchun, «Paxtakor» «Al Ahli»ga qarshi bahsni Elit Chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turi doirasida o‘tkazadi.

Foto: Pakhtakor FC

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar