Live
16
O'zbek

«Real» Yevropada eng yaxshi bo‘lishni istasa, hujumchilarning to‘psiz harakatini yaxshilashi kerak» — Kanisares

Futbol
13 sentabr, 09:45
Ispaniya milliy jamoasi sobiq darvozaboni Madrid klubining hujumchilari to‘psiz harakatini keskin tanqid qildi.
«Real» Yevropada eng yaxshi bo‘lishni istasa, hujumchilarning to‘psiz harakatini yaxshilashi kerak» — Kanisares
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi sobiq darvozaboni Santyago Kanisares «Real» hujumchilarining to‘psiz harakatlarini tanqid qildi.

«Real» La Liganing 5-turida «Rayo Valekano»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Biroq Kanisares jamoaning to‘psiz harakatlarini yaxshilashi lozimligini ta’kidladi.

«Real»ning eng yaxshi jihati — vaziyatlardan juda samarali foydalanishi. Bunda hech qanday shubha yo‘q. Ammo jamoa Yevropadagi eng yaxshi bo‘lishni istasa, boshqa ustunliklarga ham ega bo‘lishi kerak.

To‘p raqibda bo‘lganida hujumchilarning harakatlari juda yomon. Bu butun jamoaga ta’sir qiladi: biri harakat qilmasa, ikkinchisi ham «u harakat qilmayapti, demak, men ham qilmayman», deb o‘ylaydi.

Jamoa o‘z pozitsiyalarini kengaytirib yuboradi, yarimhimoyachilar esa himoyachilar bilan birga ortga qaytib, safni zichlashtirishiga to‘g‘ri keladi. Natijada istalgan raqib «Real» darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishi mumkin.

Bunday o‘ynab bo‘lmaydi. Vaziyatni tuzatish kerak. Agar buni doimiy ravishda amalga oshirmasangiz, kerakli paytda hammasi noto‘g‘ri ketishi mumkin», — dedi Kanisares COPE radiosi efirida.

Eslatib o‘tamiz, «Real» La Liganing ushbu mavsumida 5-turdan so‘ng 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar