«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Madrid klubi bilan yangi shartnoma imzolashga juda yaqin. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi shartnomani rasmiylashtirishdan oldin faqat bir nechta masalani kelishib olishi kerak. «Real» Kurtuaning o‘yinidan mamnun va belgiyalik darvozabon yangi shartnomaga loyiq deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kurtuaning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Kurtua «Real» safida 339 ta bahsda maydonga tushib, 330 ta gol o‘tkazib yuborgan. Madridliklar so‘nggi bahsda «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Jamoa navbatdagi bahsini safarda «Elche»ga qarshi o‘tkazadi.