Live
4
O'zbek

Sanchoning «Atletiko»ga transferi nima uchun amalga oshmay qolgani ma’lum bo‘ldi

Futbol
13 sentabr, 05:33
    1
Hujumkor yarimhimoyachi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin edi.
Sanchoning «Atletiko»ga transferi nima uchun amalga oshmay qolgani ma’lum bo‘ldi
Foto: Gettyimages

Hujumkor yarimhimoyachi Jedon Sancho yozda Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Futbolchi xizmatlariga Madrid «Atletiko» klubi qiziqish bildirgan edi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik vingerning transferi tomonlar moliyaviy shartlar borasida kelisha olmagani tufayli amalga oshmagan.

Ayni vaqtda 26 yoshli futbolchi erkin agent hisoblanadi. Uning oxirgi klubi «Manchester Yunayted» edi.

Transfermarkt portali yarimhimoyachining aktual transfer narxini 18 million yevroga baholamoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar