Live
4
O'zbek

«Liverpul» to‘rt yarimhimoyachidan birini tanlaydi

Futbol
13 sentabr, 05:09
Klub rahbariyati bo‘lajak transfer oynasi davrida yarimhimoyani kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.
«Liverpul» to‘rt yarimhimoyachidan birini tanlaydi
Foto: Gettyimages

«Liverpul» klubi rahbariyati yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirishni niyat qilgan. Shu sababli yangi futbolchi borasidagi qidiruv ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Bu haqda Teamtalk nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ingliz grandi ro‘yxatida ushbu futbolchilar ismi qayd etilgan: Aleks Skott («Bornmut»), Manu Kone («Roma»), Aleksandar Stankovich («Inter») va Lamin Kamara («Monako»).

Qayd etish lozim, «qizillar» Angliya premer-ligasi 4 ta o‘yinda 6 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Andoni Iraola jamoasi onlayn jadvalda 7-pog‘onani band etib turibdi.

Kuni kecha «Liverpul» o‘z maydonida Londonning «Fulhem» klubi bilan durang (0:0) o‘ynadi.

Bugungi yangiliklar