«Paxtakor» uchun Jiddadagi bahs Osiyo klublar turnirlaridagi 150-o‘yinga aylanadi. Hozirgacha «sherlar» Chempionlar Ligasida 135, Kubok egalari kubogida 14 bellashuvda maydonga tushgan.
Chempionlar Ligasida 56 g‘alaba, 29 durang va 50 mag‘lubiyat kuzatilgan. Gollar nisbati 181:184ni tashkil qiladi. Kubok egalari kubogida 6 g‘alaba, 2 durang ham 6 mag‘lubiyat kuzatilgan. Umumiy hisobda 149 bahsning 62tasida jamoa zafar quchgan. 31 durang va 56 mag‘lubiyat qayd etilgan. Gollar farqi 217:207dan iborat.
Shuningdek, «Paxtakor» Saudiya jamoalariga qarshi xalqaro maydonlarda 33 marta to‘qnash kelgan. Ularda 7 g‘alaba, 6 durang va 20 mag‘lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 28 bor ishg‘ol qilinib, 66 marta to‘p o‘tkazib yuborilgan. Jami 8 raqibga qarshi to‘qnashuvlar kuzatilgan. «Paxtakor» o‘zbek klublari orasida Saudiya Arabistonida zafar quchgan yagona jamoa sanaladi.
Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Al Ahli - 2:1, 0:3, 1:0, 1:2
Al Ittifoq - 2:1, 1:0, 0:2
Al Ittihod - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
Al Nasr - 2:2, 0:4
Al Hilol - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 1:4, 1:2, 0:0, 1:0, 0:4
Al Shabab - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2
Al Ta’avun - 1:0, 5:4
Al Fayha - 0:2, 1:4.
«Paxtakor» Osiyo klublar musobaqalarida 150-o‘yinini o‘tkazadi
Futbol
13 sentabr, 03:04
«Sherlar»ning «Al Ahli»ga qarshi bahsi 14 sentyabr kuniga belgilangan.
Фото: Пахтакор ПФК
14.09.2026, 14:15
Osiyo Chempionlar Ligasi
Al-Ahli Jidda
-
:
-
Paxtakor Toshkent