Bugun
67
O'zbek

Morgan: «Chempionlar chempionlarga mos o‘yin ko‘rsatdilar»

Futbol
13 sentabr, 02:02
Taniqli jurnalist londonliklarning o‘yiniga baho berdi.
Morgan: «Chempionlar chempionlarga mos o‘yin ko‘rsatdilar»
Foto: Gettyimages
12.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Sanderlend Sanderlend 0 : 2 Arsenal Arsenal

Taniqli jurnalist va Londonning «Arsenal» klubi muxlisi Pirs Morgan «to‘pchilar»ning APL 4-turi doirasida «Sanderlend» ustidan qozongan g‘alabasiga (2:0) munosabat bildirdi.

«Chempionlar chempionlarga mos o‘yin ko‘rsatdilar. «To‘pchilar» ijrosidagi ajoyib bahs. Maydonda kim eng yaxshi futbolchi bo‘ldi? Menimcha, bu Deklan Rays. Dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilaridan biridan super o‘yin», - deb yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Mikel Arteta jamoasi Angliya premer-ligasi yangi mavsum startida ketma-ket 4 ta g‘alabaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» keyingi turni 15 sentyabr kuni safarda «Ipsvich»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar