Live
7
O'zbek

«Arsenal» va «Manchester Siti» «Oltin to‘p» nomzodini sotib olmoqchi

Futbol
12 sentabr, 05:40
APL grandlari «PSJ» markaziy himoyachisi Vilyan Pachoga qiziqish bildirmoqda.
«Arsenal» va «Manchester Siti» «Oltin to‘p» nomzodini sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

Bolavip ma’lumotiga ko‘ra, Angliyaning ikki grandi 24 yoshli ekvadorlik futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Pacho yaqinda Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirgan.

Manbaga ko‘ra, himoyachining «PSJ»dagi yillik maoshi 11 million yevroni tashkil qiladi. Shu sababli «Arsenal» va «Manchester Siti» futbolchini transfer qilish uchun unga yuqori maosh taklif qilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. «Manchester Siti» uchun bu borada muammo bo‘lmasligi kutilmoqda, «Arsenal» esa katta maoshlar borasida ehtiyotkor siyosat yuritadi.

Pacho ushbu mavsum barcha musobaqalarda 6 ta bahsda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar