«Real» «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Xose Feliks Dias xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Madrid grandi norvegiyalik to‘purarni kelasi yozda xarid qilmoqchi. Ushbu transfer Holandning «shaharliklar» bilan shartnomasidagi tovon puli bandi tufayli amalga oshishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq «shaharliklar» hujumchining shartnomasida bunday band mavjudligini rad etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, bu mavsum 26 yoshli Holand barcha musobaqalar hisobida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Holandning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq Holand Chempionlar Ligasidagi gollari soni bo‘yicha Myullerni ortda qoldirgani ma’lum qilingandi.