Bugun
107
O'zbek

Mbappe: «PSJ»da o‘tkazgan 7 yil davomida men uchun qancha taklif olganlarini ulardan so‘rang»

Futbol
11 sentabr, 23:50
«Real» hujumchisi parijliklarni ancha oldin tark etishi mumkin bo‘lgani, ammo qulay fursat kutganini aytdi.
Mbappe: «PSJ»da o‘tkazgan 7 yil davomida men uchun qancha taklif olganlarini ulardan so‘rang»
Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «PSJ»ni ancha oldin tark etishi mumkin bo‘lgani, ammo qulay fursat kutganini aytdi.

Fransiyalik futbolchining «Real»da o‘ynash istagi faoliyatining dastlabki davrlaridanoq ma’lum edi. Biroq uning Madrid klubiga transferi faqat 2024 yil yozida amalga oshdi.

«PSJda o‘ynagan paytim Yevropaning istalgan klubiga o‘tishim mumkin edi, ammo doimo jamoada qoldim.

U yerda o‘tkazgan 7 yil davomida men uchun qancha taklif olganlarini ulardan so‘rang. Lekin Parijda baxtli edim, shuning uchun ketmayotgandim», — dedi 27 yoshli hujumchi L'Equipe nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Kilian «qirollik klubi» safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Avvalroq Mbappe to‘psiz harakatlari borasidagi tanqidlarga munosabat bildirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar